Hozirgi kunda er ekvatorining shimoliy kengliklarida havo harorati issiq va kunlar uzun, aksincha er ekvatorining janubiy kengliklarida havo sovuq, kunlar esa qisqa. Shu nuqtai nazardan bu yilgi Ramazon oyida Islandiya poytaxti Reykyavikdagi musulmonlar 21 soat davomida ro`zador bo`ladilar.Bu haqda Muslim.uz sayti xabar bermoqda.
Er sharining eng janubiy shaharlaridan bo`lgan Yangi Zelandiya poytaxti Vellingtonda bu yilgi ro`zadorlik vaqti 9 soat davom etadi. Islandiyada musulmonlarning aniq soni ma`lum emas, 320 000 aholisi bo`lgan bu davlatda taxminan 2000 ga yaqin musulmon bor va ularning aksariyati poytaxtda yashaydi. Yangi Zelandiyada 30 000 – 40 000 atrofida musulmonlar yashaydi, bu - davlatning umumiy aholisini 10 – 15 foizini tashkil qiladi.
Yana bir qiziq ma`lumot, bu yilgi Ramazon oyi Rossiyaning Murmansk shahrida oq tunlarga to`g`ri keladi. Bu degani Murmanskda kun botmaydi! Murmanskdagi musulmonlar o`zlariga yaqin bo`lgan boshqa (kun botadigan) shahardagi iftorlik vaqti bilan og`iz ochadilar.
Yurtimiz musulmonlari esa bu yilgi Ramazonning dastlabki kunlarida 16 soat 38 daqiqa ro`zador bo`lsalar, muborak oy oxiriga borib ro`zadorlik 16 soat 2 daqiqani tashkil etadi.