AsosiyJamiyat

Yurtimizda shaxmat bo`yicha olimpiya zaxiralari bolalar va o`smirlar sport maktabi barpo etiladi

Shu yilning 20 iyun kuni hukumatimiz tomonidan shaxmat bo`yicha bolalar-o`smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi faoliyatini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi, deya xabar beradi Gazeta.uz.

Ob`ekt uchun qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventarlar va moddiy-texnika resurslari ishlab chiqaruvchilari va etkazib beruvchilarining eng yaxshi takliflarini tanlab olish bo`yicha Komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Hujjatga ko`ra, maktab majmuasi poytaxtdagi Anhor bo`yi ko`chasida barpo etiladi. Toshkent shahri hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmachi etib, «ToshuyjoyLITI» OAJ bosh loyihalovchi tashkilot va «12-trest» OAJ bosh pudratchi tashkilot sifatida belgilandi.

    Boshqa yangiliklar