Turkiya prezidenti Tayyip Erdo`g`an 29 aprel kuni O`zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deb xabar qildi Facebook’dagi sahifasida O`zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov.
"Prezident Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga 2017 yil oktyabrdagi davlat tashrifi ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqan edi. Davlat rahbarlari telefon orqali bir necha bor suhbatlashib, faol muloqot qilib kelmoqda.
Prezidentimizning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`an 29 aprel kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi. 30 aprel kuni Ko`ksaroyda bo`lib o`tadigan muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. 1 may kuni Turkiya Prezidentining Buxoroni ziyorat qilishi rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.






