1

“Facebook” uch oyda 11,97 milliard dollar daromad oldi

Dunyo 27.04.2018, 10:30
“Facebook” uch oyda 11,97 milliard dollar daromad oldi

AQShning “Facebook” kompaniyasi daromadi joriy yilning dastlabki uch oyida qariyb 50 foiz oshib, 11,97 milliard AQSh dollariga etdi.

Bunda sof foyda 63 foiz ortdi. Bunda sof foyda 63 foiz ortdi, deb xabar berdi “TASS” axborot manbasi.

Agar o`tgan yil birinchi choragida ushbu miqdor 3,06 milliard dollarni tashkil etgan bo`lsa, joriy yilda bu 4,99 milliard dollar deb baholanmoqda. Zero, mazkur ijtimoiy tarmoqdan oylik foydalanuvchilar soni 70 million kishiga ko`paygan.

“Jiddiy xurujlarga qaramay, bizning jamoa o`sishda davom etayotir. Har oyda 2,2 milliard kishi, har kuni esa 1,4 million kishi “Facebook”ni ishlatmoqda”, - dedi kompaniya rahbari Mark Sukerberg.

Qayd etish joizki, hatto yaqinda 87 milliondan ziyod foydalanuvchilar ma`lumotlari tarqalib ketishi bilan bog`liq ro`y bergan mashmasha ham kompaniya moliyaviy ko`rsatkichlari yaxshilanishiga xalaqit bera olmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1