1

Xitoyda xalqaro avtomobil ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda

Dunyo 27.04.2018, 18:49
Xitoyda xalqaro avtomobil ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda

Xitoy poytaxti Pekinshahrida Auto China 2018xalqaro avtomobil ko`rgazmasio`z ishini boshladi. Unda dunyoning 14mamlakatidan etakchi kompaniyalar o`z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Mazkur ko`rgazmada ,Volkswagen, Toyota, Nissan, Ford, BMW kabi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 1000 dan ortiq moddelarini namoyish etishmoqda. Ularning 105 tasi yangi moddellarbo`lib, ilk bora keng omma e`tiboriga taqdim etildi. Masalan BMWo`zining 14 tayangi modellarini ko`rgazmaga qo`ygan.

Bu erda yangi turdagi BMW iX3 taqdimoti ham o`tkazildi. Dunyo bozoriga mahsulotlarini chiqarishni istagan kompaniyalar uchun ko`rgazma juda yaxshi imkoniyat bo`ldi. Mijozlarga shu erning o`zida model haqida ma`lumot berilib, mashina bilan tanishtirildi.

Shuningdek, bu erda avtomobil ehtiyot qismlarini ham ko`rish mumkin.Nyu-China International Exhibition markaziy zalida tashkil etilgan ushbu ko`rgazmaga bir milliondan ortiq mehmon kelishi kutilmoqda. Ko`rgazma davomida Lexus va Toyota ham uzoq kutilgan modellarini ekspertlar va mehmonlar e`tiboriga havola etishdi. Auto China ko`rgazmasi 1990 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba o`tkaziladi. U 29 aprelga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1