AsosiyDunyo

Ispaniyada 9 tonna giyohvand modda aniqlanib, qo`lga olindi

'Ispaniyada 9 tonna giyohvand modda aniqlanib, qo`lga olindi'ning rasmi

Ispaniya polisiyasi va bojxona xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor operasiya natijasida katta miqdordagi giyohvand modda aniqlanib, qo`lga olingan.

Alxesiras portida mamlakatgaolib kirishga urinilgankokain moddasi qo`lga olingan bo`lib, uning umumiy vazni 9 tonnani tashkil qiladi. Yuk Kolumbiyaning Turbo portidan jo`natilgani aniqlangan. Kokain moddasi konteynerlarda bananlar orasiga joylashtirilgan.

Ispaniyada giyohvand moddalar savdosiga qarshixalqaro darajada kurash olib borilmoqda.Boshqa mamlakatlar va yirik tashkilotlar bilan hamkorlik qilish natijasida bu illatga qarshi muvaffaqiyatli choralar ko`rishga erishilmoqda. O`tkazilgan galdagi tezkor operasiya bunga yorqin misoldir.

Mazkur holat yuzasidan 6kishi gumon qilinib, hibsga olingan. Ularning ikki nafari Fransiyaning Leon shahrida, 3 nafari Malagada hamda yana biri portning o`zida qo`lga olingan. Alxesiras Evropaning eng yirik yuk tashuvchi portlaridan biri hisoblanadi. Bu erga har kuni dunyoning turli hududlaridan kemalar keladi.

    Boshqa yangiliklar