AsosiyDunyo

Inson qiyofasidagi maymun odamlarni vahimaga soldi (Video)

'Inson qiyofasidagi maymun odamlarni vahimaga soldi (Video)'ning rasmi

Indoneziyalik haydovchi yo`l chetida kichkina qizaloq qiyofasida tilanchilik qilayotgan maymunni videoga oldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Voqea Bogor shahridagi yo`llardan birida videoga olingan. Rolikda yo`l chetidagi simyog`ochlardan biriga bog`lab qo`yilgan, qizaloq kiyimida haydovchilarga paqirchasini uzatib, tilanchilik qilayotgan maymunni ko`rish mumkin. Maymunga qizchalarning pushtirang kombinzoni kiydirilgan, yuziga esa ko`zoynakli niqob taqilgan.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`ldi. Aksariyat foydalanuvchilarning maymunga rahmi kelgan bo`lsa, ba`zilar undan qo`rqib ketishgan.


Boshqa yangiliklar