1

Sigir Er yuzidagi eng yirik jonzotga aylanishi mumkin

Dunyo 28.04.2018, 18:10
Sigir Er yuzidagi eng yirik jonzotga aylanishi mumkin

Tadqiqotchilar Er yuzida aholi soni ko`payishi sababli yirik sut emizuvchi hayvonlarning yo`qolib ketish xavfi bor, deb hisoblashmoqda. Guardianning xabar berishicha, bu bir necha yuz yil ichida sodir bo`ladi.

Nyu Mexiko universiteti professori Felisa Smit Science on Tuesday ilmiy jurnalida chop etilgan maqolasida shunday fikrni ilgari surmoqda. Uning ta`kidlashicha, qadimdan odamlar yirik hayvonlarni go`shti uchun ov qilishgan. Maydaroq jonzotlarni ovlash qiyinroq bo`lgani bunga sabab bo`lgan.

Aholi soni o`sib, insoniyatning dunyoni eng chekka hududlarigacha keng tarqalishi natijasida barcha mintaqalardagi yirik jonivorlar asta-sekin yo`qola boshlagan. Masalan, Shimoliy Amerikada umumiy hayvonlarning o`rtacha og`irligi odam oyog`i etganidan so`ng 98 kg dan 7.6 kg ga tushib ketgan.

Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa yaqin 100 yil ichida sigir taxminan 900 kg og`irlik bilan Er yuzidagi eng yirik hayvonga aylanishi mumkin. Bu fillarning, jirafalarning, begemotlarning ona zamindan yo`qolishiga sanoqli yillar qolganini anglatadi. Shu yilning mart oyida Keniyada dunyoning so`ngi shimoliy oq karkidonning nobud bo`lishi buning isbotidir.

Ammo boshqa tadqiqotchilar bu fikrga shubha bilan qarashayapti. Ularning fikricha iqlim o`zgarishi, jonivorlarning tabiiy yashash joylarining qisqarishi, atrof-muhitning ifloslanishi va shaharlarning kengayishidan kelib chiqadigan tahdidlardan hayvonot olamini asrash uchun yaratilayotgan qo`riqxonalar bunga imkon bermaydi. Shuningdek, qizil kitobga kiritilgan yirik hayvonlar va dengiz jonivorlarini ovlash borasida kiritilgan moratoriylar, ta`qiqlarga to`la amal qilinsa bunday nohush holat sodir bo`lmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1