1

Yana bir musulmon hajga velosipedda otlandi

Dunyo 28.04.2018, 21:28
Yana bir musulmon hajga velosipedda otlandi

Ko`plab marokashliklar singari uning ham ismi Muhammad. Familiyasi kamroq uchraydi, o`ziga xos – Rubuhat (tarjimasi «qozonish»). Va, albatta, Muhammad Rubuhat tinchlik uchun kurashish va g`alaba qozonishni istaydi. Hatto safarini ham «tinchlik uchun sayohat» deb nomladi.

U muqaddas Islom qadamjolariga velosipedda uyushtirayotgan safarini aniq ifodalash uchun atay shu nomni tanladi. Muhammad «Le Site info» axborot portaliga sayohatning boshlang`ich nuqtasi o`z tug`ilgan shahri Meknes (Marokash) bo`lishini aytdi. Keyin Mali, Niger, Chad va Sudan orqali Qizil dengizga etib boradi.

Undan so`ng sayyoh diniy farzni ado etish uchun Makkaga yo`l oladi, deb yozadi info.islom.uz nashri.

Tabiiyki, hajga velosipedda ketayotganidan juda faxrlanadi. Shu bilan birga, u otda yoki piyoda hajga borgan ajdodlariga hurmat bajo keltirishni ham xohlaydi!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1