Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida qirg`oqdan g`ayrioddiy maxluqning jasadi topildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
28 yoshli oyna yuvuvchi Shon Xoll (SeanHall) hamkasbi bilan Mersi daryosi qirg`og`ida sayr qilib yurganda g`alati mavjudotning jasadiga duch keldi. “Men uni tirik deb o`ylab, yordamga shoshildim. Biroq u o`lgan ekan”, dedi Shon. Maxluqning so`yloq tishlari bo`lib, ko`zlari yo`q edi. Jasad rivoyatlardagi dengiz maxluqlarini eslatar edi.
Shon uning qanday jonzot ekanligini aniqlash maqsadida hayvonlarni himoya qilish tashkilotiga qo`ng`iroq qildi. Ammo voqea joyiga etib kelgan mutaxassislar jasadning chirib ketganligi bois uning qanday hayvon ekanligiga aniqlik kirita olishmadi.






