AsosiySiyosat

Ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo`lib o`tmoqda

'Ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

30 aprel kuni Ko`ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi.

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga o`tgan yilgi davlat tashrifi ikki mamlakat o`rtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlab, barcha sohalardagi aloqalarga keng yo`l ochgan edi. O`zbekiston va Turkiya xalqi bu galgi muzokaralardan ham katta natijalar kutmoqda.

    Boshqa yangiliklar