1

O`zbekiston va Turkiya o`rtasida Strategik sheriklik oliy kengashi tuziladi

Siyosat 30.04.2018, 16:45
O`zbekiston va Turkiya o`rtasida Strategik sheriklik oliy kengashi tuziladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o`tgan brifingda ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Muzokaralar xalqlarimiz o`rtasidagi azaliy do`stlik va qardoshlik an`analariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali bo`ldi. Hamkorligimizning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yo`nalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish bo`yicha kelishuvga erishildi, dedi davlatimiz rahbari.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarni mustahkamlash bo`yicha tomonlarning yondashuvlari o`xshash va mushtarak ekani ta`kidlandi.

Biz Turkiya Respublikasiga ulkan siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo`lgan, xalqaro maydonda obro`-e`tibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz. Ota yurtingiz – O`zbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq, dedi Shavkat Mirziyoev.

Rejep Tayyip Erdog`an muzokaralar o`zaro anglashuv, manfaatdorlik va ishonch asosida o`tganini, Turkiya va O`zbekiston hamkorligi yanada mustahkamlanib, strategik darajaga ko`tarilganini ta`kidladi. Ko`lami va ahamiyati katta bo`lgan kelishuvlarga erishilganidan, ertaga Buxorodagi muborak qadamjolarni ziyorat qilajagidan baxtiyor ekanini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1