1

Turkiya Prezidenti mamlakatimiz parlamenti oldida chiqish qildi

Siyosat 30.04.2018, 20:15
Turkiya Prezidenti mamlakatimiz parlamenti oldida chiqish qildi

Kunning ikkinchi yarmida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Turkiya rahbari Oliy Majlis Senati a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so`zladi.

O`zbekiston Respublikasi Turkiya bilan teng huquqli, o`zaro manfaatlarga asoslangan savdo-iqtisodiy va investisiyaviy munosabatlarga tayangan strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e`tibor qaratmoqda. Ayni paytda aloqalar ijtimoiy-siyosiy yo`nalishlarda ham yangi bosqichda rivojlanib bormoqda.

2.JPG

So`nggi yillarda mamlakatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi, azmu shijoati va qat`iyati tufayli mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochildi.

Mamlakatimiz parlamentining faoliyati Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida takomillashib bormoqda. Xalqimizning huquq va erkinliklarini ta`minlash, manfaatlarini himoya qilish borasida e`tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oliy Majlis palatalari a`zolari xalq ichiga kirib, odamlarni tashvishlantirayotgan muammolarni joyida o`rganish va hal etish amaliyotini yo`lga qo`ydi.

So`nggi yillarda Oliy Majlis palatalarining xalqaro parlamentlararo munosabatlari ham tobora rivojlanib bormoqda.

3 (1).JPG

Prezidentimizning o`tgan yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga davlat tashrifi chog`ida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o`rtasida hamkorlik to`g`risida memorandum imzolangan edi. Shu bilan birga jahonda kuzatilayotgan tezkor o`zgarishlar va taraqqiyotga hamohang rivojlanishni ta`minlash, parlamentimizning Turkiya parlamenti bilan aloqalarini mustahkamlash maqsadida “O`zbekiston – Turkiya” parlamentlararo do`stlik guruhiga asos solindi.

Rejep Tayyip Erdo`g`on o`z nutqida ikki davlat o`rtasidagi aloqalar rivojlanib, yangi bosqichga ko`tarilgani, bugungi muzokaralar uni yanada boyitganini ta`kidladi. Mamlakatlarimiz tomonidan tanlab olingan rivojlanish yo`lini qat`iy qo`llab-quvvatlagan holda, amaliy hamkorligimizni har tomonlama chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalar imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari, infrastruktura, energetika va qishloq xo`jaligi sohalari bo`yicha hamkorlikni yanada jonlantirish ishlarini amalga oshirishga e`tibor qaratilishini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1