1

O`zbekiston va Turkiya Prezidentlari biznes-forumga tashrif buyurdi (onlayn translyasiya)

Siyosat 30.04.2018, 22:18
O`zbekiston va Turkiya Prezidentlari biznes-forumga tashrif buyurdi (onlayn translyasiya)

Bu ishbilarmon doiralarning faol hamkorligini qo`llab-quvvatlash davlat rahbarlarining e`tiborida ekani, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishining yana bir tasdig`i bo`ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Xorijiy sarmoyalarni rag`batlantirish va to`liq himoya qilish maqsadida zarur me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivojiga g`ov bo`lib turgan turli to`siqlar olib tashlandi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni qat`iy davom ettirgan holda, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati keskin kamaytirildi.

Tadbirkorlik sub`ektlarini lisenziyalash jarayonlarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga doir qarorlar qabul qilindi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatida 42 turdagi lisenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari bekor qilindi. 38 turdagi faoliyat uchun lisenziyalar 17 tagacha optimallashtirildi, 25 turdagi tadbirkorlik faoliyati uchun ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Soliq konsepsiyasi biznes va investorlar uchun juda katta engillik beradi.

Mamlakatimizning har bir viloyatida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilgani, ularda investorlar barcha turdagi soliq to`lovlari va import bojlaridan ozod etilgani ta`kidlandi. Hozirgi kunda 300 dan ziyod investorlar erkin iqtisodiy hududlarda yaratilgan qulay sharoitlardan foydalangan holda faoliyat olib bormoqda.

Turkiya ishbilarmonlari uchun ham alohida qulayliklar yaratildi. Kirish vizalari bekor qilingani, to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yilgani o`zaro aloqalarga keng yo`l ochdi.

Bugungi kunda yurtimizda O`zbekiston – Turkiya hamkorligida 500 ga yaqin qo`shma shirkat faoliyat yuritayotgan bo`lsa, ularning 59 tasi shu yilning birinchi choragida tashkil etilgan.

Turkiya Prezidenti va ishbilarmonlari Shavkat Mirziyoevning o`tgan yili bunday qulaylik va engilliklar biznesmenlarning O`zbekiston iqtisodiyotiga qiziqishini oshirganini ta`kidladi.

Ushbu biznes forum doirasida 3 milliard dollarlik investisiya loyihalari bo`yicha bitimlar imzolangani buning tasdig`i bo`ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Rajab Tayyip Erdog`an ishbilarmonlar bu kelishuvlarni amalga oshirish bo`yicha faol ish olib borishi zarurligini ta`kidladilar.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1