1

Prezidentlar Poyi Kalon majmuasida bo`ldi

Siyosat 01.05.2018, 16:07
Prezidentlar Poyi Kalon majmuasida bo`ldi

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig`ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg`unlashib, go`zal ansambl hosil qilgan. Ularning me`moriy echimi ajdodlarimiz madaniyati va san`atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.

Prezidentlar Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o`rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi. Mamlakatimizdagi eng qadimiy va yirik jome` masjidlaridan biri bo`lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo`zlik, zargarlik, gilamdo`zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdi.

Sayilgoh ko`chasi, Toqi zargaron majmuasida namoyish etilayotgan mahsulotlar, bozor va rastalar Buxoroning qadimiy hunarmandlik an`analarini aks ettirdi. Folklor jamoalarning chiqishlari kishiga ko`tarinki kayfiyat ulashdi.

Tarixiy va me`moriy obidalar, xalqimizning milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1