1

Faxriylar ijtimoiy himoyasiga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi

Siyosat 01.05.2018, 16:54
Faxriylar ijtimoiy himoyasiga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi

1941-1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga har oyda zaruriy oziq-ovqat hamda gigiena mahsulotlari, har yili kiyim-kechak va poyabzallar bepul tarqatiladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

1941-1945 yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilingani to`g`risida Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Qarorga asosan, 2018 yil 1 maydan 1941-1945 yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga – bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat hamda gigiena mahsulotlari, zarur kiyim-kechak va poyabzallar ro`yxati tasdiqlandi.

Qarorda ko`rsatilgan oziq-ovqat, shuningdek, gigiena mahsulotlari “Nuroniy” jamg`armasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo`limlari orqali yashash joyiga har oyning 15 sanasigacha, zarur kiyim-kechak va poyabzallar har yili 1 oktyabrdan kechiktirilmay to`lov undirmasdan etkazib beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1