AsosiyDunyo

Xorijiy kompaniya Qirg`izistondagi “Qumtor” oltin konini sotib olish niyatida

'Xorijiy kompaniya Qirg`izistondagi “Qumtor” oltin konini sotib olish niyatida'ning rasmi

Londonda ro`yxatga olingan «Chaarat Gold» (Chaarat Gold Holdings Limited) kompaniyasi Qumtor konini sotib olish niyati borligini bildirdi. Kompaniya saytida e`lon qilingan ma`lumotlarga ko`ra, kon narxini kompaniya 800 million dollar deb baholgan.

«Chaarat Gold» ilk bor “Qumtor”ni sotib olishi borasida aprel oyi o`rtalarida ma`lum qilgan edi. Biroq, 25 aprel kuni «Senterra Gold» salbiy javob qaytardi va aktivlarni sotishdan manfaatdor emasligini bildirdi. Ko`p o`tmay «Chaarat Gold» direktorlar kengashi a`zosi Artem Volnes kompaniya konni sotib olish borasidagi sa`y-harakatlarini davom ettirishini bildirdi.

“Hozir “Senterra” aksiyalarning 26,6 foizi Qirg`iziston hukumatiga tegishli. Biz hukumatga murojaat qilib, kondagi to`g`ridan to`g`ri iqtisodiy manfaatlar evaziga aksiyalarning katta qismni va dividendlarning 50 foizini almashtirishni taklif qildik. Hozirgi sharoitda «Senterra» aksiyalarini ushlab turganlar kompaniya dividend to`lagan taqdirdagina iqtisodiy foyda ko`rishi mumkin. Biz, Qirg`iziston hukumati birinchi kunlardanoq kon dividendlarining yarmini olishi kerakligini aytib kelamiz”, dedi Artem Volnes.

Parlamentda hukumatning «Senterra» bilan imzolagan Bitimini keskin tanqid qilishmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va investisiyalarni rivojlantirish to`g`risidagi Bitim tomonlar o`rtasida 2017 yil 11 sentyabrda imzolangan edi. Hujjat “Qumtor” loyihasini hayotga tatbiq etishda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgani aytiladi.

Jumladan, «Senterra Gold Ink.» tabiatni muhofaza qilishni, birinchi navbatda, Issiqko`l atrofini muhofaza qilishni moliyalashtirishni kengaytirish masalasida o`z zimmasiga yangi majburiyat oladi. Kompaniya tashkil etilishi kutilgan Taraqqiyot jamg`armasiga bir vaqtning o`zida 50 mln. dollar berishni o`z zimmasiga olgan, yillik ekologik to`lov 310 mingdan 3 mln. dollargacha oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar