O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyundagi qaroriga asosan dizel yonilg`isining chakana narxlari o`zgartirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
2014 yil 1 iyuldan boshlab bir litr dizel yonilg`isining chakana narxi 1910 so`m, EKO dizel yonilg`isining bir litri narxi esa 1990 so`m qilib belgilandi.
Eslatib o`tamiz, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan mamlakatimizda chakana yoqilg`i narxlari so`nggi marta 2014 yilning 9 yanvarida oshirilgandi.





