1

Haftalik bashorat: Unutilmas taassurotlar kutmoqda!

Munajjimlar bashorati 07.05.2018, 10:18
Haftalik bashorat: Unutilmas taassurotlar kutmoqda!

7—13 may, 2018 yil

Hamal

Bu hafta eng qimmatli ma`lumotlarga ega bo`lasiz. Yangi g`oya va takliflaringizni ko`pchilik qo`llab-quvvatlaydi. Hamkasblaringiz µam sizga µavas bilan qarashadi. Meµnatingizga yarasha haq ololmasangiz, ko`p o`ylanib, asabingizni buzmang. Bu vaqtinchalik, uzoqqa cho`zilmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida kutilmagan syurprizlar bo`ladi. Ish bilan xorij safariga chiqishingiz ehtimoli bor.

Savr

Bor e`tiboringizni biznesdagi yangi hamkorlarga qaratasiz. Ular bilan foydali shartnomalar imzolashga harakat qilasiz. Lekin bu siz o`ylaganchalik muvaffaqiyatli bo`lmasligi mumkin.

Muhabbat bobida omad kulib boqmasligi mumkin. Ammo tushkunlikka tushmang. Hayotga real ko`z bilan qarasangiz hammasi o`z o`rniga tushadi. Yaqinlaringiz va do`stlaringizning maslahatlariga quloq tuting. Ular sizga yomonlik sog`inishmaydi.

Javzo

Javzo burji vakillariga bu hafta biznes bobida omad kulib boqadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlikmi, qishloq xo`jaligimi, kasanachilikmi, qay bir yo`nalishda bo`lmasin, foydali ishlarni amalga oshirasiz. Natijada, moddiy imkoniyatingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Boshingiz bilan ishga sho`ng`ib, shaxsiy hayotni ham unutib qo`ymang. Dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.

Saraton

O`zingizni o`tga, cho`qqa uravermang. Hamma narsa o`z vaqti-soati bilan hal bo`ladi. Aqliy charchoq ham surunkali kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun har bir ishda me`yorni unutmang. Sog`ligingizga e`tiborli bo`ling. Haftaning ikkinchi yarmida o`zingiz xohlagandek xaridlar qilasiz. Dam olish kunlari yaqinlaringiz tashrifidan xursand bo`lasiz.

Asad

Hafta boshida hammasi tinch-osoyishta boshlanadi. Bir xillikdan zerikkandek bo`lasiz. Va bu ko`pga cho`zilmaydi. Haftaning ikkinchi yarmida bari birdan tezlashib ketadi. Ishlaringizni reja asosida amalga oshiring, shunda muammolarga duch kelmaysiz.

Hamkasblar bilan biroz ziddiyatli vaziyatlar tug`ilishi mumkin. Og`ir va bosiq bo`lsangiz yutasiz.

Sunbula

Sinovlarga duch kelasiz. Hech o`ylanmang, baridan muvaffaqiyatli o`tasiz. Moddiy ahvolingizni ancha yaxshilab olasiz. Faqat pulingizni rejadan tashqari xaridlarga sarflamang. Aks holda, qiynalib qolasiz. Yolg`iz «sunbula»lar uchun haftaning ikkinchi yarmida muhabbat oftobi charaqlaydi! Ular bir umr yodda qoladigan romantik uchrashuvlarga guvoh bo`lishadi.

Mezon

Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qiling. Ana shunda ko`zlagan maqsadlaringizga erishasiz. Hissiyotlarga erk bermang. Yulduzlar sizga og`ir-bosiq bo`lishni maslahat berishmoqda. Aks holda muammolarga duch kelishingiz mumkin.

Ish bilan bo`lib oilangizni esdan chiqarmang. Farzandlaringiz bilan do`stona munosabatda bo`ling. Bergan va`dangizni bajarishni unutmang.

Aqrab

Hafta boshida moliyaviy muammolarni bartaraf etasiz. Biznes hamkorlar bilan foydali shartnomalar imzolaysiz. Ayniqsa, ijodkor vapedagoglarga omad kulib boqadi. Yangi g`oya hamda takliflaringiz mamnuniyat bilan qabul qilinib, amaliyotga joriy etiladi. Egallab turgan lavozimingizdan ko`tarilishingiz kutilmoqda.

Qavs

Sog`ligingizga bee`tibor bo`lmang. Chunki bu hafta salomatlikni tiklash uchun qulay fursat. Barcha ishingizni bir chetga surib, aniqlangan kasalliklarning oldini olishga kirishing. Axir, sog`lik hamma narsadan muhim.

Haftaning ikkinchi yarmida ko`pdan beri rejalashtirgan xaridlarni amalga oshirasiz. Bundan oila a`zolaringiz juda xursand bo`lishadi. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan istirohat bog`lariga sayr qiling.

Jadiy

Ko`pdan beri ko`rishmagan tanishlaringiz bilan uchrashasiz. Ular bilan kelajak uchun foydali shartnomalar imzolaysiz. Hamkasblaringiz tashabbuslaringizni qo`llab-quvvatlashadi. Kutganingizdan ham yaxshi natijalarga erishasiz. Hafta so`ngida ijodiy safarga chiqishingiz ehtimoli bor. Ko`plab yangiliklarga guvoh bo`lib, kasbiy mahoratingiznioshirasiz. Bundan, albatta, o`zingiz ham xursand bo`lasiz.

Dalvc

Rejadan tashqari ishlarni amalga oshirmang. Aks holda, hech bir ishni oxiriga etkazolmaysiz. So`ng muammolardan boshingiz chiqmay qoladi.

Payshanba — biznes hamkorlar bilan shartnoma imzolash uchun qulay fursat. Ish bilan bo`lib yaqinlaringizni ham esdan chiqarmang. Dam olish kunlari ular holidan xabar oling.

Hut

Farzandlar tarbiyasiga ko`proq vaqt ajratish lozim. To`g`ri qilasiz. Bolalar kelajagi uchun bugundan harakat qilgan afzal. Shu bilan birga ishni ham unutib qo`ymang. Boshlab qo`ygan yumushlaringiz aro yo`lda qolib ketmasin. Axir, qolgan ishga qor yog`ar, deb bejiz aytishmagan. Dam olish kunlari kutilmagan mehmonlar tashrifidan xursand bo`lasiz.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1