“The Huffington Post” nashri hayot davomida tashrif buyurish kerak bo`lgan 50 ta shahar ro`yxatini tuzib chiqdi.
Ushbu ro`yxatga Samarqand ham kiritilgan. “Samarqand buyuk Ipak yo`lining qadimiy shahri bo`lib, Registon maydonidagi madrasa va maqbaralar islom arxitekturasining eng go`zal namunalaridir”, deya ta`kidlab o`tilgan.
Qayd etish joizki, Samarqand MDH mamlakatlari orasidan ro`yxatdagi yagona shahar bo`ldi.





