1

Moliya vazirligi ish haqi to`lovlarining to`lanish ahvoli bo`yicha axborot berdi

Iqtisodiyot 07.05.2018, 15:52
Moliya vazirligi ish haqi to`lovlarining to`lanish ahvoli bo`yicha axborot berdi

Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil aprel oyining ikkinchi yarmi (oyning dastlabki birinchi 5 ish kuni) uchun ish haqlari to`lanishi yuzasidan tizimli monitoring o`tkazildi.

Uning natijalariga ko`ra, joriy yilning 1 may kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi to`lovlarini o`z vaqtida to`lanishini ta`minlash maqsadida 573,4 mlrd so`m miqdorida maqsadli mablag`lar ajratildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.

Hududiy g`azna hisob raqamlarida ish haqi to`lovlarini o`z vaqtida va to`liq to`lanishi uchun etarli miqdorda mablag`lar shakllantirilgan. Shu bilan birga, byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g`aznachilik organlariga taqdim etilgan to`lov hujjatlari asosida joriy yilning 5 may sanasiga aprel oyining 2 yarmi uchun ish haqi pullarini to`lanishi respublika bo`yicha 96,1 foizni tashkil etdi.

Jumladan, hududlar kesimida:

Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti - 100,0%
Andijon viloyati byudjeti - 100,0%
Buxoro viloyati byudjeti - 93,2%
Jizzax viloyati byudjeti - 90,4%
Qashqadaryo viloyati byudjeti - 98,2%
Navoiy viloyati byudjeti - 93,8%
Namangan viloyati byudjeti - 97,5%
Samarqand viloyati byudjeti - 92,5%
Surxondaryo viloyati byudjeti - 100,0%
Sirdaryo viloyati byudjeti - 97,9%
Toshkent viloyati byudjeti - 98,0%
Farg`ona viloyati byudjeti - 91,9%
Xorazm viloyati byudjeti - 99,3%
Toshkent shahri byudjeti - 96,5%
Jami - 96,1%

Bunda Moliya vazirligi tomonidan respublika byudjeti byudjet tashkilotlarida ish haqi to`lanishi 86,6%ni tashkil etgan.

Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet tashkilotlarining ish haqi to`lovlari 5 ish kunidan kechiktirmay to`lanishi bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va tegishli to`lov hujjatlarini g`aznachilik organlariga o`z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda byudjet tashkilotlariga amaliy yordam ko`rsatish ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1