AQShda 4 kishi shu qatorda bir bolakay kuchli po`rtana qurboni bo`lishdi, deya xabar beradi Wheather Channel telekanali.
Nyu-Yorkning Medison okrugida bir necha binolar qulashi oqibatida 3 kishi halok bo`ldi. Medison okrugi yong`in xavfsizligi boshqarmasi ma`lum qilishicha, uch kishining o`limiga kuchli shamol sabab bo`lgan. Voqea Sirakyus shahrida sodir bo`ldi.
Merilend shtatiga ham kuchli po`rtana etib keldi. Kerroll okrugida bir nafar bola halok bo`lgan, 8 kishi jarohatlangan. Ma`lum bo`lishicha, sog`lomlashtirish oromgohida bo`lgan bolalar ustiga kuchli shamol oqibatida daraxt qulagan. Barcha jarohatlangan bolalar tezda shifoxonaga etkazildi.





