2014 yilning 10 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Axmet Davuto`g`lu bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida tomonlar munosabatlarning hozirgi holati haqida fikr almashishdi, halqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar hamda o`zbek-turk munosabatlarini rivojlantirish yo`llari muhokama qilindi.
Vazirlar tomonlarning tashqisiyosiy idoralar o`rtasida ikki tomonlama va ko`p tomonlama tashkilotlar doirasida hamkorlikni jonlantirish takliflarini ko`rib chiqishdi.
Uchrashuvda Turkiyaning Favqulodda va Muxtor elchisi Erpul Namik Gyuner ishtirok etdi.





