AsosiyJamiyat

Olma-Otada Rog`un GESi qurilishi bo`yicha so`nggi muhokama bo`lib o`tadi

Jahon banki Olma-Otada Rog`un GESi qurilishi bo`yicha muhokamalarning beshinchi raundini o`tkazadi. Bu haqda Anhor.uz sayti xabar bermoqda. 

Jahon banki tomonidan o`tkazilayotgan mazkur yig`ilishda 25 ga yaqin mamlakat hukumatlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishadi. Loyiha muhokamasiga Afg`oniston, Turkmaniston, Qozog`iston, O`zbekiston, Qirg`iziston va Tojikistondan ekspertlar tayyorgarlik ko`rmoqda.

Olma-Otadagi muhokamalar Jahon banki tomonidan o`tkazilgan texnik iqtisodiy dalillarga asoslangan bo`ladi. Ekspertlar etakchi Coyne & Bellier va Poyry kompaniyasining loyihani baholash bo`yicha hisobotini tahlil qilishadi. Bu masalalar to`g`onning xavfsizligi, qo`shni davlatlarga ta`siri va ekologiya bilan bog`liq.

Olma-Otadagi uchrashuv Jahon bankining so`nggi qarorni qabul qilishidan oldin so`nggisi bo`lgani bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon banki ushbu loyihani amalga oshirish to`g`risidagi so`nggi qarorini avgustda e`lon qiladi.

    Boshqa yangiliklar