AsosiyJamiyat

Pochta jo`natmasida odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlandi

'Pochta jo`natmasida odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, «Bosh pochtampt» TIF bojxona postida Niderlandiya davlatidan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro M.B. nomiga yuborilgan pochta jo`natmasi bojxonachilar tomonidan nazoratdan o`tkazilganda pochta jo`natmasi ichida deklarasiyalanmagan to`q sariq rangli odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlandi.

Ushbu tabletkalar tegishli tartibda ekspertizadan o`tkazilganda, ular sof og`irligi 140,63 gramm bo`lgan sintetik giyohvandlik moddasi ekanligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar