O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Iqtisodiyot 11.05.2018, 17:10
O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Markaziy banki respublikaning oltin-valyuta zaxiralari to`g`risidagi yangi ma`lumotni e`lon qildi.

Markaziy bank ma`lumotiga ko`ra, 2018 yil 1 may holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 352,0 mln AQSh dollari (2018 yil 1 aprel holatiga 28 494,0 mln AQSh dollari, o`tgan oyga nisbatan 142 million dollarga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 415,9 mln AQSh dollari, monetar oltin — 13 936,1 mln AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 27 083,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 aprel holatiga 27 086,7 mln AQSh dollari).

Eslatib o`tamiz, oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag`larini, ya`ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1