AsosiyJamiyat

“O`rikzor”da shakarni 5500 so`mdan sotgan “tadbirkor”dan 2,2 tonna mahsulot olib qo`yildi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shakar mahsulotining noqonuniy sotilishi hamda asossiz ravishda oshirilgan narxlarda sotilishining oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Davlat soliq qo`mitasi Axborot xizmatining xabar qilishicha,  joriy yilning 1 yarim yilligida shakar mahsulotlarini chakana sotuvchi shoxobchalarda savdo qoidalariga rioya etmayotganligi aniqlangan 87 ta shoxobchalarda qisqa muddatli tekshirishlar tashkil etilib, ularning barchasida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Shuningdek, 38 ta holatda jismoniy shaxslar tomonidan shakar mahsulotini noqonuniy ravishda sotish holatlari aniqlandi.

O`tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida huquqbuzarlardan tegishli hujjatlari bo`lmagan 247,7 mln.so`mlik 66,8 tonna shakar mahsuloti olib qo`yildi.

Xususan, joriy yilning 25 iyun kuni Uchtepa tumanidagi «O`rikzor savdo kompleksi» hududida o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro A.Botirov tomonidan hech qanday hujjatlarsiz mahalliy ishlab chiqarilgan shakar mahsulotlarini 5500 so`mdan savdo qilayotganligi aniqlanib, huquqbuzardan jami 2,2 tonna umumiy bahosi 12,1 mln. so`mlik shakar mahsulotlari olib qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar