AsosiyJamiyat

Cingapur Milliy universiteti talabalari yurtimizga tashrif buyurmoqda

'Cingapur Milliy universiteti talabalari yurtimizga tashrif buyurmoqda'ning rasmi

Hozirgi kunda mamlakatimizning ta`lim sohasida bir qator o`zgarishlar ro`y berayotir. Ko`plab xorijiy mamlakatlarning oliy o`quv yurtlari bilan o`zaro hamkorlik maqsadida qo`shma loyihalar ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Endilikda nafaqat bizning talabalarimiz xorijiy mamlakatlarning tajribasini o`zlashtirishmoqda, balki dunyoning bir qator nufuzli o`quv yurtlarining yoshlari, professor-o`qituvchilari yurtimizga hamda ilg`or o`quv metodikamizga o`z qiziqishlarini bildirmoqda.

Xususan, dunyoning etakchi universitetlaridan biri bo`lgan Singapur Milliy universiteti ham shular jumlasiga kiradi.

Bugungi kunda ana shunday nufuzli universitetning 20 nafar tadqiqotchi talabalari Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mamlakatimizga kelgan talaba-yoshlarga O`zMU professor o`qituvchilari O`zbekiston iqtisodiyoti, tarixi va madaniyati bo`yicha ingliz tilida master-klass o`tkazadilar.

Mazkur loyiha universitetlar orasida o`zaro hamkorlikni mustahkamlashtirishga qaratilib, unda O`zbekistonda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, yurtimizning buyuk tarixi va olamga namuna bo`ladigan madaniyati haqida fikr yuritiladi.

O`zA xabariga ko`ra, master klass 14 may kuni O`zbekiston Milliy Universitetida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar