13 iyul kuni Toshkentdagi “Lokomotiv” istirohat bog`idagi attraksionlarning biri balandlikda to`xtab qoldi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a`zolaridan biri ma`lum qildi.
“Lokomotiv parkida odamlar attraksionda qolib ketishdi, 30 daqiqada ularni pastga tushirishdi”,-deyiladi xabarda.
Nosozlikka nima sabab bo`lgani haqida ma`lumot berilmagan.
Hozircha “Lokomotiv” istirohat bog`i ma`muriyati feysbukdagi rasmiy sahifasida ushbu voqea yuzasidan hech qanday izoh qoldirmadi.