Shahrisabzda “Do`lon” nomli mehmonxona o`z faoliyatini boshladi. Mehmonxona XV asrda qurilgan bino ichida joylashgan. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar beradi.
Ushbu ajoyib mehmonxonada 14 ta qulay xona mavjud bo`lib, milliy ruhda bezatilgan. Shu o`rinda qadimiy sopol byumlari, taqinchoq, gazlama va so`zanalar ko`rgazmaga qo`yilgan muzey paydo bo`ldi.