Argentina terma jamoasining JCh-2014 final uchrashuvidagi mag`lubiyatidan so`ng mamlakat poytaxti Buenos-Ayresda ommaviy tartibsizliklar kuzatildi. Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.
Tartibsizliklar oqibatida 7 kishi yaralandi, 40 nafardan ortiq kishi hibsga olingan.
Tartibsizliklar yakshanba kuni kechasi boshlangan. Nashrning xabariga ko`ra, avvaliga o`n minglab muxlislar terma jamoaning muvaffaqiyatli ishtiroki va Lionel Messining jahon chempionati eng yaxshi futbolchisi bo`lganini nishonlash uchun shahar ko`chalariga chiqishgan. Ammo, birozdan so`ng tajavuzkorona ruhda bo`lgan futbol fanatlari tartibni nazorat qilib turgan polisiya xodimlariga tosh va boshqa buyumlar uloqtirib, taetrga hujum uyushtirishdi. Shundan so`ng polisiya xodimlari kuch ishlatishga majbur bo`lishgan. To`qnashuv oqibatida 7 nafar polisiya xodimi yaralandi, 40 nafar tartib buzarlar esa qo`lga olingan.
Eslatib o`tamiz, JCh final uchrashuvida Argentina Germaniya terma jamoasiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona golni 113 daqiqada Mario Gyotse kiritdi.