AsosiyJamiyat

Abiturientlarning apellasiya berish muddati qisqartirildi

Vazirlar mahkamasining 27 iyun kunidagi qaroriga binoan O`zbekiston Oliy ta`lim muassasalarida apellasiya berish muddati qisqartirildi. Bu haqda Norma.uz sayti xabar bermoqda. 

Endi test natijalaridan norozi bo`lgan abiturientlar 15 kun davomida apellasiya berish huquqiga egalar. Bunga qadar apellasiyani  30 kun davomida berish mumkin edi.

Eslatib o`tamiz,  O`zbekiston Oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirish 20 iyul kuni yakunlanadi. Kirish imtihonlari esa 1 avgust kuni bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar