AsosiyDunyo

Moskva metrosidagi halokat 12 kishining umriga zomin bo`ldi

Moskva metrosida avariya oqibatida halok bo`lganlar soni 12 kishiga etdi. Bu haqda Rossiya FFV rahbari Vladimir Puchkov bergan ma`lumotlarga asoslanib  “ITAR-TASS” xabar bermoqda.

 Moskva shahri hukumatining bergan ma`lumotlariga ko`ra, 150 kishi jarohatlangan, ulardan 100 nafari shifoxonaga etkazildi.

Shuningdek, “Interfaks” agentligining yozishicha, qurbonlari 16 kishiga etgan. Ular orasidan poezdni boshqargan mashinist ham bor.

Eslatib o`tamiz, 15 iyul kuni “Park pobed” va “Slavyanskiy bulvar”  stansiyasilari orasida poezdning 3 ta vagoni relslardan chiqib ketgan. Halokat tufayli 200 ga yaqin kishi evakuasiya qilingan, jarohatlanganlarning barchasi vertolyotda shifoxonaga olib ketildi.  Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar