AsosiyDunyo

Yaponiyada oftob urishi oqibatida uch kishi halok bo`ldi

O`tgan hafta Yaponiyada oftob urishi oqibatida 3 kishi halok bo`ldi, 2,4 ming kishi shifoxonaga etkazilgan.

Bu haqda birinchi yordam ko`rsatishga yordam berayotgan o`t o`chirish xizmati boshqarmasi xabar bermoqda. Bemorlarning 50 nafari uzoq muddatli davolanish muolajalariga muhtoj.

So`nggi kunlarda Yaponiyada havo harorati selsiy bo`yicha 36 darajadan pastlayotgani yo`q.

Halok bo`lganlar va shifoxonaga etkazilganlarning ko`pchiligi 65 yoshdan yuqori bo`lgan qariyalardir.

Yaponiya hukumati aholini ko`proq suv ichish va ko`chaga boshni oftobdan saqlab chiqishga chaqirdi.  

    Boshqa yangiliklar