O`zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalar ro`yxatida 48 o`rinni egalladi.
Bu haqda Business Insider jurnaliga asoslanib Anhor.uz sayti xabar bermoqda.
Reytingning birinchi pog`onasida AQSh, ikkinchi o`rinda Rossiya va uchinchi o`rinda Xitoy armiyasi qayd etildi.
Tuzilgan reytingga ko`ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng kuchli armiya O`zbekistonda ekanligi ma`lum bo`ldi.
Xarbiy kuch ko`rsatkichlari xarbiy va iqtisodiy ekspertlar tomonidan tuzib chiqiladi. Ular 50 dan ortiq ko`rsatiklarni ko`rib chiqishadi. Reyting tuzishda xarbiy texnikalar sonidan tashqari ular armiya kadrlar soni, xarbiy sohaga ajratilayotgan mablag`, mamlakatning transport infrastrukturasi, neft qazib olish, davlat qarzlari va boshqa ko`pgina omillar hisobga olingan.





