Moskva metrosidagi halokat oqibatida jabrlanganlar orasida 5 ta chet el mamlakatlari fuqarolari borligi ma`lum bo`ldi.
Bu haqda Rossiya Federasiyasi bosh vazir o`rinbosari Olga Golodes ma`lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Rossiyaning 12 ta rayonidan jabrlanganlar Moskva shifoxonasiga etkazildi. Jarohatlanganlar orasida chet el mamlakat fuqarolari ham bor. Ular Ukraina, Moldava, Tojikiston, O`zbekiston va Qirg`iziston fuqarolaridir. Barchaga qaysi mamlakat fuqaroligiga qaramay albatta, tibbiy yordam ko`rsatiladi”,-dedi Golodes.
Hozirga kelib, Rossiya FVV Moskva metrosidagi avariya oqibatida 22 kishi halok bo`lgani, shifoxonaga 129 kishi etkazilganligini tasdiqladi.
Eslatib o`tamiz, 15 iyul kuni “Park pobed” va “Slavyanskiy bulvar” stansiyasilari orasida poezdning 3 ta vagoni relslardan chiqib ketgan. Halokat tufayli 1150 ga yaqin kishi evakuasiya qilingan, jarohatlanganlarning barchasi vertolyotda shifoxonaga olib ketildi. Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.