1

Frederik Starr: O`zbekistondagi islohotlar – Mirziyoevning nogahoniy ishtiyoqi emas

Siyosat 16.05.2018, 14:26
Frederik Starr: O`zbekistondagi islohotlar – Mirziyoevning nogahoniy ishtiyoqi emas

«Uzbekistan Today» axborot agentligi jurnalisti O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning AQShga rasmiy tashrifi arafasida Jon Xopkins universiteti (AQSh) qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti vakili Frederik Starr bilan uchrashdi. Quyidagi intervyuda O`zbekistonning buguni va kelajagi, islohotlar va hamkorlikning yangi yo`llari haqida so`z boradi.

– Janob Starr, shu kunlarda mana shu erda, Vashingtonda sizning navbatdagi “O`zbekistonning yangi siymosi” deb nomlangan yangi kitobingizning taqdimoti bo`lib o`tadi. Kitob nima haqida? Kitobni yozishingizga nima turtki bo`ldi?

– 2017 yil barcha jabhalarda jadal yumushlar, faollik yili bo`ldi. Samarali islohotlar o`tkazildi, keng o`zgarishlar ko`plab sohalarga daxldor bo`ldi – yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar. Islohotlar ko`p bo`lganidan bu erda, AQShda ko`pchilik ushbu o`zgarishlarni anglolmay qoldilar. Aynan sodir bo`layotgan hodisalarni tasvirlash, muhokama etish yoki baholash emas – aynan tasvirlash istagi – bizni ushbu kitobni tayyorlashga chorladi. Toshkentlik hamkasabalar bilan hamkorlik sharofati ila darhol ko`plab axborotlarni yig`ishga muvaffaq bo`ldik va xalqaro munosabatlar, yurispendensiya, iqtisodiyot, siyosat sohalaridagi eng yaxshi dunyo ekspertlarining qo`llab-quvvatlashi yordamida O`zbekistonda ro`y berayotgan islohotlarni o`ziga xos obzor qilishga intildik.

Biz ishonamizki, O`zbekiston o`zining “yangi siysosi”ni yaratadi va u eskisiga qarama-qarshi bo`lmaydi. “Yangi siymo” tadrijiy ravishda takomillashib boradi.

– Siz O`zbekistonni, uning tarixini yaxshi bilasiz. Nima deb o`ylaysiz, respublikamiz yaqin kelajakda qanday ko`rinishga ega bo`ladi?

– O`zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida yosh mamlakatdir. Sizning zaminingizda noyob yodgorliklar, Buxoro, Qo`qon, Xiva kabi olis o`tmishga ega ko`plab tarixiy shaharlar mavjud... Ayni damda men mening nazarimda O`zbekistonda muvoziy ravishda sodir bo`layotgan ikki narsaning guvohi bo`lib turibman. Birinchisi: suveren yosh mamlakat iqtisodiyotda jadal ravishda rivojlanmoqda. Mamlakatingiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev va O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o`zining barcha qo`shnilariga yordam qo`lini cho`zdi – bu umuman muhim qarordir. Axir, regioningizdagi har bir mamlakat mustaqil va takrorlanmas. O`zbekiston qanchalik kuchli bo`lsa, regioningiz ham shuncha kuchayib boraveradi.

Zamonaviy O`zbekistonning ikkinchi belgisi – bu iqtisodiy taraqqiylashgan davlat imijini boy madaniyat, an`analar va merosi bilan bir saqlab, rivojlantirayotganidir.

– Bugungi O`zbekistondagi islohotlarni qanday baholaysiz?

– Bugun hamma o`zbek islohotlari haqida so`z ochmoqda va ularni yo`qdan bor bo`lgandek qabul qilishmoqda. Agar tahlil etadigan bo`lsak, islohotlar jarayoni ancha yillar avval boshlangandi va muhim islohotlar 10–15 yil avval o`tkazilgandi. Gap shundaki, odamlar islohotlarni kiritish va joriy etish haqida ancha ilgari o`ylashgandi. Bugun islohotlarni to`g`ri va aql bilan hayot tadbiq etishyapti. Mamlakatingizda ro`y berayotgan ko`plab islohotlarni nogahoniy ishtiyoq deb qabul qilmaslik lozim. Ularning har biri ustida oliy toifali mutaxassislarning katta jamoasi sinchiklab bosh qotirishgan.

Bugun ushbu rivojlanish yosh, yaxshi ta`lim olgan mutaxassislar tufayli amalga oshmoqda. Binobarin, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning yangi yosh jamoasi hurmatga sazovor g`aroyib ishlarni amalga oshirmoqda. #UZBUSA2018

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1