2014 yil 16 iyul kuni “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti qatnashchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlarining V yig`ilishida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga etib kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hamda Qirg`iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev bilan muzokaralar o`tkazishdi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida amaliy hamkorlikni ko`rib chiqishdi va ikki tomonlama munosabatlarni holati hamda istiqbollari to`g`risida fikr almashishdi.





