1

Prezident Pentagonda muzokara o`tkazdi

Siyosat 18.05.2018, 06:32
Prezident Pentagonda muzokara o`tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Pentagonda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari ko`p yillik va samarali hamkorlik uchun AQSh tomoniga minnatdorlik bildirib, Prezident Donald Tramp bilan o`tgan muloqot natijasida davlatlararo munosabatlar yangi bosqichga ko`tarilganini ta`kidladi.

Tashqi siyosatimizdagi ochiqlik va yaxshi qo`shnichilik prinsiplariga asoslanib, Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlash maqsadida mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta ko`rib chiqildi, harbiy bilim yurtlari isloh qilindi.

O`zbekiston bu sohada Amerika Qo`shma Shtatlari bilan tajriba almashish, harbiy-texnikaviy, mudofaa va xavfsizlik yo`nalishida hamkorlik qilishdan manfaatdor, dedi Shavkat Mirziyoev.

AQSh mudofaa vaziri Prezidentimiz tashrifidan mamnun ekanini bildirib, O`zbekiston mintaqadagi muhim geostrategik davlat ekanini ta`kidladi.

O`zbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda yaxshi qo`shnichilik muhiti yaratildi. Afg`oniston Prezidenti Ashraf G`ani bilan muloqotlaringiz, Afg`oniston ishlari bo`yicha maxsus vakil tayinlaganingiz muhim ahamiyatga ega. Rasmiy tashrifingiz doirasida qabul qilingan besh yilga mo`ljallangan harbiy hamkorlik rejasi mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, dedi Jeyms Mettis.

Uchrashuvda mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1