AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev yangi samolyotni ko`zdan kechirdi

'Shavkat Mirziyoev yangi samolyotni ko`zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Vashingtondan qaytib, Toshkent xalqaro aeroportida yangi Boing-787 samolyotini ko`zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Dreamliner, ya`ni «orzu layneri» deb nomlanuvchi ushbu havo kemasi 14 ming kilometrga to`xtovsiz ucha oladi. 270 yo`lovchi o`rniga ega. Samolyot borti kompozit materiallardan tayyorlangani yoqilg`i tejamkorlikni ta`minlaydi. «Aqlli» texnologiyalar, salondagi kamfort yo`lovchilarga zamonaviy qulaylik yaratadi.

Ma`lumki, ilgari 2 ta shunday samolyot sotib olingan edi. Prezidentimizning joriy yil fevral oyidagi topshirig`iga muvofiq, juda qisqa vaqtda yana bitta Dreamliner xarid qilindi. Davlatimiz rahbarining AQShga rasmiy tashrifi yakunida ushbu havo kemasi yurtimizga olib kelindi.

Shavkat Mirziyoev ushbu avialaynerni ko`zdan kechirdi, xizmat ko`rsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Milliy aviakompaniya orqali qatnovchi yo`lovchilarni ko`paytirish, odamlarga qulayliklarni oshirish zarurligini ta`kidladi.

“O`zbekiston havo yo`llari”dan ma`lum qilishlaricha, kuni kecha Vashington shahrida milliy aviakompaniya bilan AQShning “Boing” kompaniyasi o`rtasida bitim imzolangan. 2019 yilda ikkita, 2020 yilda yana bitta Dreamliner olib kelinadi.


    Boshqa yangiliklar