AsosiyDunyo

Qulagan samolyot yo`lovchisi halokatni taxmin qilgan (FOTO)

Ukraina sharqida halokatga uchragan samolyotda parvoz qilgan Gollandiya fuqarosi Boeing’ni havoga ko`tarilmasidan avval suratga olib, feysbukdagi sahifaga joylagan hamda suratga halokatni taxmin qiluvchi izoh qoldirgan, deb yozadi Daily Mail nashri.  

Gollandiya shimolidagi Volendam qishlog`ida yashovchi Kor Pan samolyot uchishidan bir necha daqiqa avval feysbukdagi sahifasida layner suratini joyladi va unga quyidagi so`zlarni yozib qoldirdi: “Agar u yo`q bo`lib qolsa, u mana bunday ko`rishda bo`ladi”.

O`zi bilmagan holda bashorat qilgan Kor samolyot qulashi oqibatida halok bo`ldi...
Gollandiyalik yo`lovchi ushbu xabarni joriy yili 8 mart kuni yo`qolgan Boeing 777-200 samolyoti bilan bo`lgan voqeani nazarda tutgan holda qoldirgan.  

Kor Panning do`stlari avvaliga unga oq yo`l, yaxshi parvoz tilashgan. So`ngra esa surat ostida ta`ziya bildirilgan izohlar paydo bo`lgan. 

Eslatib o`tamiz, Malayziya aviakompaniyasiga qarashli samolyot 8 mart kuni parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Layner bortida 227 yo`lovchi hamda 12 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.

Kor Pan uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyoti esa Payshanba kuni Ukrainaning Donesk viloyatiga quladi. Layner bortida 298 kishi bo`lgan. Ushbu aviahalokatdan hech kim omon qolmadi. 

    Boshqa yangiliklar