O`zbekistondagi oilalarning 11 foizdan ortig`i 2 tadan engil avtomobilga ega. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
“Agar 2000 yilda har 100 oilaga o`rtacha 20 ta engil avtomobil to`g`ri kelgan bo`lsa, bugungi kunda bu raqam 41,4 taga etgan. Oilalarning 11 foizdan ortig`i ikkitadan engil avtomobilga ega”,-deyiladi xabarda.
Shuningdek, bugungi kunda avtomobilsozlik sanoatida 18 mingdan ortiq o`zbekistonlik mehnat qilayotgani, xorijiy mamlakatlarda O`zbekiston avtomobil sanoatining 250 dan ortiq dileri faoliyat ko`rsatayotganligi qayd etilgan.





