O`zbekiston hukumati atom elektrostansiyasini qurishni rejalashtirmayapti. Bu haqda “Novy vek” nashri “O`zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
O`tgan hafta Rossiya OAVlari tomonidan O`zbekiston hukumati mamlakat hududida atom elektrostansiyasini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Ushbu xabar hech qanday asosga ega emas. Kompaniyaning kelajakdagi rejalarida atom elektrostansiyasini qurish rejasi yo`q”,-deyiladi xabarda.