1

Haftalik bashorat: Omad – o`z qo`lingizda!

Munajjimlar bashorati 21.05.2018, 10:23
Haftalik bashorat: Omad – o`z qo`lingizda!

21—27 may, 2018 yil

Hamal

Hafta boshida daromadingizni oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo`ladi. Ulardan unumli foydalanishga harakat qiling. Foydali shartnomalar imzolashingiz ehtimoli bor. Yangi hamkorlar takliflaringizni qabul qilishga tayyor. Faqat tajribali do`stlardan boshqaruv sirlarini o`rgansangiz bo`lgani. Dam olish kunlari ko`nglingiz nimani xohlasa, shunday hordiq chiqaring.

Savr

Moliyaviy holatingiz barqaror bo`ladi. Biroq rejadan tashqari xarajatlar qilishingiz mumkin. Seshanba kuni mavjud muammolarni hal etasiz. Haftaning ikkinchi yarmida xizmat safarini muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Shaxsiy hayotni ham unutib qo`ymang. Ko`pdan beri ko`rishmagan yaqinlaringiz tashrifi kutilmoqda. Dam olish kunlarini ular bilan birga o`tkazib, unutilmas taassurotlarga ega bo`lasiz.

Javzo

Javzo burji vakillariga bu hafta omad kulib boqadi. Rejalashtirilgan barcha yumushlar ko`ngildagidek amalga oshadi. Buning uchunimkoniyat ham, kuch-quvvat ham etarli. Moliyaviy jihatdan ham muvaffaqiyat ular tomonda bo`ladi.

Turli ko`ngilochar tadbirlarda ishtirok etib, yangi do`stlar orttirasiz. Ular bilan dam olish kunlari tabiat bag`riga sayrga chiqasiz.

Saraton

Biznesdagi tavakkal ko`pincha omad keltiradi. Lekin bu hafta tavakkal qilishdan ko`ra, mutaxassislar bilan maslahatlashganingiz ma`qul. Ana shunda foydali va samarali ishlarni amalga oshirasiz. Faqat shoshma-shosharlikka yo`l qo`ymang. Hafta so`ngida ro`zјor uchun zarur xaridlarni qilasiz. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz mumkin.

Asad

O`zingizni ko`rsatish uchun imkoniyat tuјiladi. Ikkilanmay, ishonch bilan harakat qiling. Hech kim sizning iqtidoringizga shubha qilmayapti.

Seshanba kuni kelajagingiz uchun foydalishartnomalarni imzolaysiz. Yangi do`stlar orttirasiz. Biroq ularning hamma gapiga ishonavermang. Hafta oxirida oila a`zolaringizga bergan va`dangizning ustidan chiqib, ularni xursand qilasiz.

Sunbula

«Sunbula»lardan bu hafta kuzatuvchanlik talab etiladi. Begonalar ishingizga aralashishiga yo`l qo`ymang. Ana shunda rejalashtirgan barcha ishlaringiz ko`ngildagidek amalga oshadi.

Oilaviy masalalarni hal etish uchun ham imkoniyat tug`iladi. Dam olish kunlari olis safarga chiqish, boјda ishlash yoki do`stlar bilan uchrashish uchun qulay fursatdir. Qay birini tanlash o`z ixtiyoringizda.

Mezon

Oliy maqsadlaringizni unutib qo`ymang. Ularga erishish uchun yanada faol harakat qiling. Siz uchun chorshanba eng samarali kun.Foydali va istiqbolli shartnomalar imzolaysiz. Tortinmay, bor iste`dodingizni ishga soling. Do`stlaringizdan yordam so`rashdan uyalmang.

Hafta oxirida ko`ngilochar maskanlarga borib, oilaviy hordiq chiqarasiz.

Aqrab

Bu hafta «aqrab»lar o`z taqdiridan xursand bo`ladi. Ko`plab orzulari amalga oshadi. Haftaning birinchi yarmida ular qattiq ter to`kishiga to`јri keladi. Dushanba kuni barcha moliyaviy yumushlar muvaffaqiyatli amalga oshadi, lekin shoshilmaslik kerak. Payshanba kuni foydali shartnomalar imzolanadi.

Qavs

«Qavs»lar uchun bu hafta qiziqarli sarguzashtlarga boy bo`ladi. Moddiy ahvolingizni ancha yaxshilab olasiz. Bundan hamma xursand bo`ladi. Yana kasbiy mahoratni oshirish uchun ham qulay imkoniyat tug`iladi. Dam olish kunlari do`stlaringiz bilan tabiat bag`riga sayr qilib, unutilmas taassurotlarga ega bo`lasiz.

Jadiy

Hayotingizda yaxshi yangiliklar ro`y beradi. Va bu hafta unutilmas onlari bilan bir umr yodda qolishi mumkin. Faqat ziddiyatli vaziyatlarning oldini olishga harakat qiling. Ishingizda ko`pdan beri echimini kutib yotgan muammolar hal etiladi.

Dam olish kunlari uyda zerikib o`tirgandan ko`ra, jigarlaringizni yo`qlang. Ular sizning tashrifingizdan, albatta, xursand bo`lishadi.

Dalv

Jamoat ishlarida faol ishtirok etasiz. Rahbaringiz ham mehnatingizni munosib e`tirof etadi. Moliyaviy ahvolingiz yanada mustahkamlanadi. Sizni qo`llab-quvvatlovchi homiylar ko`payadi. Biroq siz hech kimning yordamiga muhtoj emassiz.

Dam olish kunlari eski qadrdonlar bilan uchrashasiz. Ammo ularga sirlaringizni oshkor etmang.

Hut

«Hut»lar uchun bu hafta qiziqarli sarguzashtlarga boy bo`ladi. Ular kundalik hayotga daxldor yangiliklar istashadi. Biroq yulduzlar shoshilmaslikni maslahat berishyapti.

Biznes hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaysiz. Moddiy ahvolingiz ancha yaxshilanadi. Oila a`zolaringiz bilan maslahatlashib, xarajatlar ro`yxatini qayta ko`rib chiqing. Yakshanba — xaridlar uchun qulay kun.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1