AsosiyJamiyat

Nega hayit hamma erda bir kunda nishonlanmaydi?

Ma`lumki, dunyo musulmonlarining eng katta bayramlari  -  Qurbon hayiti va Ramazon hayti kunlari barcha mamlakatlarda bir kunda emas, balki bir mamlakatda bir kun oldin, boshqasida bir kun keyin nishonlanib kelmoqda.

Buning asosiy sabablaridan biri, har bir mamlakatlarni geografik joylashuviga ko`ra yangi chiqqan oyni ko`rish bir kunga farq qilishi mumkin. Bu haqda O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuning uchun har bir o`lkaning mazkur masaladagi mutasaddilarining ilmiylikka asoslangan xulosalari e`tiborga olinadi.  

Nega shunday?  Nega barcha musulmon diyorlarida hayit kunini bir kunda nishonlash mumkin emas.

Bu savolga to`g`ri javob berish uchun janob Payg`ambarimiz (s.a.v.) ning: “Yangi oy hilolini ko`rib ro`za tutinglar, kelasi oy hilolini ko`rib ro`zani to`xtatinglar!” – degan hadisi shariflarini eslash zarur bo`ladi. Yangi oyning hiloli esa, hamma mamlakatda ham oddiy ko`zga ko`rinmaydi. Hadisi sharifning davomida: “havo bulut bo`lib, hilol ko`rinmasa ramazon oyining birinchi kunini oldingi oy – Sha`bon oyiga o`tkazib, uni 30 kun qilib ro`zani 29 kun tutinglar” – deyilgan.

Bundan tashqari Quyosh va Oyning  chiqishi va botishi, kecha va kunduzning uzun-qisqaligi, ob-havoning tez o`zgarib turishi va iqlimlarning o`zaro farq qilishi hamda mazkur hadisi sharif ko`rsatmalarini inobatga olib, Imom Abu Bakr Kosoniyning “Badoe as-sanoe” asarida ko`rsatilgandek, har bir mamlakat o`zining iqlimiga binoan ro`za va hayit kunlarini belgilashi joiz.

Bizning diyorimizda hanafiy mazhabi ta`limotlari asosida ro`za asosan 30 kun bo`lishi ko`p kuzatilgan. Binobarin, O`zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chiqarilayotgan taqvimlar O`zR FA  Astronomiya instituti tadqiqotlari asosida hamda ro`za va hayit kunlari Ulamolar kengashi tomonidan belgilanib e`lon qilinadi. Mazkur e`lonlarga amal qilish shar`an vojibdir. Ayrim mutaassiblarning ig`vogarona tashviqotlariga berilmasdan, ko`pchilik tomonda bo`lib, ibodatlarni ixlos bilan ado etishni tavsiya etamiz, - deyiladi mazkur saytda chop etilgan ushbu maqolada.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar