AsosiyShou-biznes

Eng ko`p daromad olgan aktyorlar nomi aniqlandi

AQShning Forbes jurnali eng ko`p daromad olgan aktyorlar ro`yxatini tuzib chiqdi.  Birinchi pog`onada ketma-ket ikkinchi yili  kichik Robert Dauni egalladi.

U o`tgan yilning iyun oyidan 75 million AQSh dollari miqdorida daromad ko`rdi.  Dauni asosiy gonorarini “Temir odam” filmidagi ishtiroki uchun olgan.

Ikkinchi pog`onada jahon restlingi yulduzi Dueyn Jonson qayd etildi. Aktyor o`tgan yildan buyon 52 million AQSh dollari miqdorida foyda ko`rgan.

Uchinchi o`rinni bir yil davomida 46 million  daromad olgan, “Oskar” mukofotiga nomzod bo`lgan Bredli Kuper qo`lga kiritdi.   

To`rtinchi pog`onada “Uoll-sritlik bo`ri” va “Buyuk Getsbi” filmlari ishtiroki orqali 39 million ishlab olgan, Leonardo Di Kaprio qayd etildi.

Shuningdek, ro`yxatga Kris Xemsvort, Liam Nison, Ben Afflek va Kristian Beyl, Uill Smit hamda Mark Uolberglar kiritildi.

    Boshqa yangiliklar