Doneskda qulagan Malayziyaning “Boeing-777” samolyoti “qora qutisi” Xalqaro fuqarolik aviasiyasi tashkiloti nazorati ostida tahlil qilinishi uchun bugun Buyuk Britaniyaga etkazildi. Bu haqda Vesti.ru xabar beradi.
“Qora quti” uzatilishi davomida uning Xalqaro fuqarolik aviasiya tashkilotiga topshirilishi to`g`risida protokol imzolandi. Protokolda “qora quti” Ukraina tomonidan tegilmagan va o`zgartirish kiritilmagani qayd etildi.

Eslatib o`tamiz, Ukraina hududida qulagan Malayziya layneri urib tushirilgan bo`lishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 17 iyul kuni Ukrainaning Donesk viloyatida quladi. Layner bortida bo`lgan barcha 298 kishi halok bo`lgan.





