AsosiyDunyo

Air Algerie aviakompaniyasi samolyoti bilan aloqa uzildi

Air Algerie aviakompaniyasi Burkina-Faso poytaxtidan uchgan samolyoti bilan aloqa yo`qolgani haqida ma`lum qildi. Bu haqda “Frans Press” nashri xabar bermoqda.

“Havo navigasiya xizmati payshanba kuni Uagadugudan Jazoirga uchgan samolyot bilan aloqani yo`qotdi”,- deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Xabar qilinishicha, aloqa samolyot parvozga chiqqandan 50 daqiqa o`tib yo`qolgan.

“RIA Novosti” xabar qilishicha, radar ekranlaridan yo`qolgan samolyot bortida 112 nafar yo`lovchi bo`lgan.  

    Boshqa yangiliklar