AsosiyJamiyat

O`zbekiston banklarining umumiy kapitali 6,6 trln. so`mdan oshdi

Respublika Markaziy bankida bank tizimining 2014 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yakunlari hamda mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 17 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalari ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 16 iyuldagi yig`ilishida bank tizimi oldiga qo`yilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga bag`ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unda bir qator masalalar va hisobotlar ko`rib chiqildi. Xabarda yozilishicha, bugungi kunda yurtimiz bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi 24,6 foizni tashkil etmoqda va u xalqaro bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan talabdan 3 barobar ko`pdir. 2014 yilning 1 iyul holatiga ko`ra, banklarning umumiy kapitali 6,6 trln. so`mdan oshib ketdi.

Bank aktivlari 2013 yilning shu davriga nisbatan 29 foiz o`sib, bugungi kunda 48,0 trln. so`mga etdi.

 «Moody’s» xalqaro reyting agentligi esa ketma-ket beshinchi yil O`zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollarini «barqaror» deb e`lon qilmoqda.

Shuningdek, hozirgi paytda 12 mln. donadan ko`proq plastik kartochkalar muomalada bo`lsa, savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalariga o`rnatilgan terminallar soni esa 148 mingdan ortiqligi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar