“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasida O`zbekistondan Evropaga boradigan va qaytadigan barcha parvozlarni Ukraina samoviy hududiga kirmasdan bajarish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Bu London, Frankfurt, Parij, Rim va Milanga bajariladigan qatnovlarga taalluqli. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” matbuot xizmati xabar bermoqda.
MAK mutaxassislari tomonidan Toshkent-Kiev-Toshkent yo`nalishidagi HY- 741/742 qatnovi uchun ham xavfsiz yo`nalish ishlab chiqildi, endi bu qatnov Rossiya va Belorussiya tomonidan “Borispol” aeroportiga kirish orqali bajariladi. Bunda parvozlar davomiyligi o`rtacha 10-15 daqiqaga uzayadi.





